15:30 / 24.09.2019
2 264

10 yil aliment to‘lamagan ota qamoqqa olindi

10 yil aliment to‘lamagan ota qamoqqa olindi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 23.04.2017 yildagi qarori bilan qarzdor A.Rasulovdan undiruvchi D.Tursunqulova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirilishi belgilangan bo‘lib, 07.05.2007 yilda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Qarzdor ota oz emas, ko‘p emas naqd 10 yil davomida jami 56 mln. 98,8 ming so‘mlik aliment pulini to‘lamasdan kelgan hamda u bilan Majburiy ijro byurosi Quva tuman bo‘limida o‘tkazilgan tegishli suhbat va tushuntirishlar ta’sir ko‘rsatmagan.

Byuroning Quva tuman bo‘limi tomonidan A.Rasulovga nisbatan to‘plangan hujjatlar tuman ma’muriy sudiga yuborildi. Sud ushbu ishni sayyor tartibda tumandagi kasb-hunar kolleji talabalari qatnashuvida ko‘rib chiqishni lozim topdi va 18.09.2019 yildagi sud majlisida qarzdor otaning harakatlari qattiq qoralanib, sud tomonidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 474-moddasi 1-qismiga asosan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Shu bilan birgalikda sayyor sudda qatnashgan o‘quvchi yoshlar ham o‘zlariga tegishli xulosa chiqarib olishgani tabiiy.
Kelgusida qarzdor ota o‘zining farrzand oldidagi majburiyati va mas’uliyatini yana bir bor chuqur o‘ylab ko‘rishi uchun yetarli muddatga ega bo‘ldi, biroq o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan taqdirda uni kelgusida jinoiy javobgarlik ham kutishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 10 yil aliment to‘lamagan ota qamoqqa olindi