O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti ilmiy xodimi, biologiya fanlari doktori Baxtiyor Rasulov tomonidan O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlarsiz kuzgi bug‘doy yetishtirish biotexnologiyasi ishlab chiqildi va amalda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berib o‘tdi.
Fanlar akademiyasi xabariga ko‘ra, mazkur biotexnologiya usuli yordamida – azotli va fosforli mineral o‘g‘itlarsiz bug‘doy hosildorligi oshiriladi. Dala sharoitidagi tadqiqotlar Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Kalgan massividagi bug‘doy dalalarida o‘tkazildi.
Biotexnologiyaning asosi tuproqlarda, o‘simlik ildizlari atrofida ko‘payadigan foydali bakteriyalarning noyob biologik xususiyatlariga asoslanadi. Tuproq bakteriyalari o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligini oshirishda talab etiladigan biologik azot va fosfor, turli fiziologik faol moddalar, oqsillar (shuningdek, aminokislotalar), vitaminlar hosil qiladi. Tuproqning muhim bio-ekologik xususiyatlarini tiklaydi – tuproq yosharadi. Taklif etilgan ushbu biotexnologiyada ana shu bakteriyalardan foydalaniladi.
Dala sharoitidagi tadqiqotlarda ushbu biotexnologiya asosida va mineral o‘g‘itlar qo‘llanmasdan o‘rtacha 50 s/ga hosil olingan.
Mazkur ishlanma, ayniqsa, sho‘rlangan tuproqlarning biologik xususiyatlarini tiklash va bug‘doy hosildorligini oshirishda juda foydali, O‘zbekiston sharoitlarida istiqbolli hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi