20:34 / 24.09.2019
3 185

Buxoroda quvvati 1,5 ming megavattga teng shamol elektr stansiyasi qurilmoqda

Buxoroda quvvati 1,5 ming megavattga teng shamol elektr stansiyasi qurilmoqda
Buxoro viloyatida quvvati 1500 megavattga teng shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida G‘ijduvon tumanining Qutchi massivida shamol tezligini o‘lchash qurilmasi — machtalar ishga tushirildi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

«Sohaga tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, xorij davlati korporatsiyasi mutasaddilari, viloyat jamoatchiligi ishtirok etgan marosim avvalida Qur’on tilovat qilinib, boshlagan ish samarali kechishini tilab, duoga qo‘l qo‘l ochildi», — deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.

O‘zAning yozishicha, shamol tezligini o‘lchash qurilma (machta)lari balandligi 120 metr bo‘lib, o‘rganishlar nihoyasiga yetishi bilan shu balandlikda loyihaning birinchi bosqichida har qaysisiga 35 metr o‘lchamdagi uchtadan yirik parrak o‘rnatilgan bir necha o‘nlab machta-qurilmalar quriladi.

Xitoyning Liaoning Lider kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 1,8 milliard dollarga teng bo‘lib, u uch bosqichda ro‘yobga chiqariladi. Loyihani amalga oshirish uchun G‘ijduvonning «Baraka» mahallasi hududidan 6 ming gektar yer ajratilgan.

Loyihaning birinchi bosqichida 240 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya hisobiga 200 megavatt (O‘zAning yozishicha esa — 500 megavatt) elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega shamol elektrostansiyasi qurilishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda quvvati 1,5 ming megavattga teng shamol elektr stansiyasi qurilmoqda