Tashkent City’da Shum bolaga haykal o‘rnatildi (video)

  • 25 sentyabr 2019, 06:33
  • 1 868
  • Jamiyat
  • Tashkent City’da Shum bolaga haykal o‘rnatildi (video)
    Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazidagi bog‘da adib G‘afur G‘ulomning «Shum bola» asari bosh qahramoni — Qoravoy sharafiga haykal o‘rnatildi. Bu haqda «Toshkent» telekanali xabar bermoqda.

    Haykaldagi Shum bola qiyofasi rejissor Damir Salimovning «Shum bola» filmida aktyor Abduraim Abduvahobov gavdalantirgan obrazdan olingan. Haykal muallifi haqida ma’lumot berilmagan.

    «Bu manzarada Shum bola qadim o‘tmishdan go‘yo Toshkentning buguni va kelajagiga nazar solib turgandek taassurot qoldiradi», — deyiladi «Toshkent» telekanali xabarida.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tashkent City’da Shum bolaga haykal o‘rnatildi (video)