12:28 / 25.09.2019
2 747

Virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi e’lon qilindi

Virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi e’lon qilindi
Vazirlar Mahkamasining “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimining qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida faqat belgilangan tartibda Davlat reyestriga kiritilgan onlayn NKMlar, virtual kassa dasturiy mahsulotlaridan foydalanishga ruxsat etiladi.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan virtual kassa dasturiy mahsulotining bazaviy qismi tadbirkorlik sub’ektlariga bepul beriladi.

Davlat reyestriga kiritilmagan onlayn NKM va virtual kassalar va ularning dasturiy mahsulotlari (versiyalari)ni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi. Savdo shoxobchasida onlayn NKM va (yoki) virtual kassa bilan bir vaqtda boshqa turdagi (ikkilamchi) savdo hisobini yuritish tizimlaridan foydalanish taqiqlanadi.

Tadbirkorlik sub’ektlari aholiga tovarlarni naqd pulsiz sotishda (ishlarni bajarishda va xizmatlar ko‘rsatishda) plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsatadigan to‘lov terminallaridan foydalanadilar.

Bunda, to‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga to‘lov terminali cheki bilan birga onlayn NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart.

Sotib olingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun xaridorlarga beriladigan onlayn NKM, virtual kassa cheklarida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
chekning tartib raqami;
onlayn NKMning zavod raqami yoki virtual kassaning seriya raqami;
tadbirkorlik sub’ektining nomi;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
pulli hisob-kitoblar amalga oshiriladigan manzil;
tovar/xizmat nomi;
markirovka qilinadigan tovarlar uchun markirovka kodi;
tovar/xizmat miqdori;
tovar/xizmatning qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi;
tovar/xizmatning qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi;
to‘lov shakli: naqd, plastik karta yoki aralash;
to‘lovning jami summasi;
to‘lov sanasi va vaqti;
fiskal modulning takrorlanmas raqami;
fiskal belgi;
berilgan kassa chekining haqiqiyligini tekshirish uchun kamida 30x30 mm o‘lchamdagi QR-kod.

Chekda qo‘shimcha ravishda boshqa rekvizitlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Bunda, chekda tovar (xizmat) nomi yoki soliq stavkasi ko‘rsatilmagan summa aks ettirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Onlayn NKM yoki virtual kassa cheki maxsus oq qog‘ozda shriftlar qora rangda bo‘lishi, shuningdek, chek qog‘ozining kengligi 55 mm.dan va harflar (belgilar) shriftlari balandligi 2 mm.dan kam bo‘lmasligi lozim.

Qonunchilikka muvofiq onlayn NKM yoki virtual kassadan foydalanish majburiy bo‘lgani holda, ulardan foydalanmasdan tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, onlayn NKM yoki virtual kassa orqali chek taqdim etmaslik, shuningdek onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimidan foydalanish tartibini buzish – fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini yoki hisob-kitob terminallarini ishlatish majburiy bo‘lgani holda ularni ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik deb baholanadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

Onlayn NKM yoki virtual kassa har kuni ish boshlanishidan oldin tadbirkorlik sub’ektining mas’ul shaxsi tomonidan umumiy texnik holati, sozligi hamda sana va vaqt aniq ko‘rsatilishi yuzasidan tekshiriladi.

Onlayn NKM yoki virtual kassa yordamida aholi bilan hisob-kitob qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlari xaridorga undan pul mablag‘lari qabul qilinganligini tasdiqlovchi chekni majburiy tartibda berishi kerak.

Onlayn NKM yoki virtual kassani qo‘llash jarayonida ma’lumotlarni operatorga real vaqt rejimida yetkazib berishning texnik imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, shu jumladan, internet tarmog‘idagi vaqtincha uzilishlar bo‘lganda, xaridorlarga (mijozlarga) amalga oshirilgan xarid uchun cheklar offlayn rejimida berilishi mumkin. Bunda dastlabki offlayn rejimda shakllangan chekni uzog‘i bilan 24 soat ichida operatorga uzatilishini ta’minlashi zarur.

Onlayn NKM yoki virtual kassadan foydalanish jarayonida nosozlik yuzaga kelgan hollarda, tadbirkorlik sub’ekti bu haqda darhol TXKMni xabardor qilishi shart. O‘z navbatida TXKM tadbirkorlik sub’ektiga qarashli turg‘un savdo (xizmat ko‘rsatish) shoxobchasi joylashgan manzil bo‘yicha davlat soliq xizmati organini shu kunning o‘zida elektron shaklda xabardor qilishi shart.

Bunda, TXKM tomonidan onlayn NKM yoki virtual kassani ta’mirlash natijalari bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Onlayn NKM yoki virtual kassa nosozligi davrida TXKM tadbirkorlik sub’ektiga qarashli mazkur shoxobchaga zaxiradagi onlayn NKM yoki virtual kassani shartnoma shartlariga muvofiq o‘rnatib berishi shart.

Onlayn NKM yoki virtual kassa doimiy ishchi holatda bo‘lishi, shuningdek internet aloqasi bilan ta’minlash uchun javobgarlik shaxsan tadbirkorlik sub’ektiga yuklanadi.

Onlayn NKM yoki virtual kassaga kiritilgan naqd tushum summasini qaytarish nizomning 8-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi e’lon qilindi