18:24 / 25.09.2019
2 426

Elektrdan noqonuniy foydalanish saboq bo‘ldi

Elektrdan noqonuniy foydalanish saboq bo‘ldi
Majburiy ijro byurosi Oltiariq tumani bo‘limi xodimlari navbatdagi ko‘riklar vaqtida “Suvoqova” DUK Oltiariq tuman filialining “Shodiyona” qishlog‘i hududidagi suv nasoslari o‘rnatilgan bo‘limda katta kuchlanishli suv nasosi hech qanday hisobga olish priborisiz elektr tarmog‘iga ulab qo‘yilganligi va ochiqchasiga foydalanib kelinayotganligini aniqlashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Suvoqova” DUK Oltiariq tuman filiali xodimi N.N. tik quduq drenajidagi yuqori kuchlanishli suv nasosini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan hech qanday ruxsatsiz ulab olib, ariqlarga suv chiqarayotgan ekan. N.N.ning elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish mumkin emasligini bila turib qilgan bunday harakatlari oqibatida davlatga 36 mln. 266,4 ming so‘m zarar yetkazishiga sabab bo‘lgan.

N.N.ning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi JKning 1852-moddasida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligi unga tushuntirilgach, uning o‘zboshimchaligi qanchalik katta xatoga olib borganligini tushundi va qonun unga bergan imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanib, 10 kun muddatda 36 mln. 266,4 ming so‘mni davlat g‘aznasiga sanab topshirdi.

Hozirda suv nasosi belgilangan tartibda elektrni hisobga olish pribori orqali ishlatilishiga yo‘lga qo‘yildi va barchasi qonun doirasida, buni N.Nazirov endigina tushunib yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Elektrdan noqonuniy foydalanish saboq bo‘ldi