20:44 / 25.09.2019
3 009

Zominda tish plombalari ishlab chiqaruvchi yangi korxona ish boshladi

Zominda tish plombalari ishlab chiqaruvchi yangi korxona ish boshladi
“Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasida Germaniya davlati bilan hamkorlikda tish plombalari uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “Dentals Pharma GmbH”mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z ish faoliyatini boshladi.

- Bugungi kunda yurtimiz stomatologiya bozorida taklif etilayotgan materiallarning aksariyati xalqaro sifat va standartlarga mutlaqo javob bermaydi. Ular mamlakatimiz bozoriga turli yo‘llar bilan kiradi, sifatsiz mahsulotlarning ishlatilishi natijasida bemorlarda turli noxush alomatlar seziladi, - deydi “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori Erkin Yuldashev.

– Shularni oldini olish maqsadida Zominda yevrostandartga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Davlatimiz tomonidan berilgan imtiyozlardan to‘liq foydalanayotgan korxonada ishlab chiqarayotgan mahsulotlari yildan-yilga ko‘payish imkoni mavjud.

Umumiy qiymati 573 ming AQSh dollari bo‘lgan mazkur korxona ishga tushishi bilan tumanning 15 nafar mutaxassis yoshlari yangi ish o‘rinlariga ega bo‘ldilar. Korxona yiliga 350 ming dona har turdagi tish plomba mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, dastlabki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yurtimiz bozorlari yetkazib berilmoqda. Kelasi yildan boshlab ularni eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan.

Tolibjon ERGAShEV

Manba: Xs.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zominda tish plombalari ishlab chiqaruvchi yangi korxona ish boshladi