20:48 / 26.09.2019
4 334

O‘zbekistonlik qiz turkiyalik deputatning uyida o‘z joniga qasd qildi

O‘zbekistonlik qiz turkiyalik deputatning uyida o‘z joniga qasd qildi
Foto: «Qalampir.uz»
Turkiyaning «Adolat va taraqqiyot» partiyasi deputati, nafaqadagi general Shirin Unalning uyida oqsoch bo‘lib ishlayotgan 23 yashar o‘zbekistonlik Nodira Qodirova generalning to‘pponchasi bilan o‘zini otib qo‘ydi. U Istanbuldagi Bilkent shifoxonasida vafot etdi, deb xabar beradi «Qalampir.uz».

Qodirova bir kun avval dugonasi Leylaga «Juda yomon ishlar bo‘lyapti. Men akamning yuziga qanday qarayman. O‘lishni istayman», degan.
Shirin Unalning uyida ikki o‘zbek ayoli oqsoch bo‘lib ishlagan. Nodira, asosan, genaralning doimiy e’tiborga muhtoj rafiqasiga yordamchi bo‘lgan.

Nodira Qodirovaning vafoti haqida rasmiylar va huquq-tartibot organlari sukut saqlayotgan bir vaqtda uning akasi Muhammadali Qodirov OAVga murojaat qilgan.

«Singlimning o‘z joniga qasd qilishiga olib keladigan hech qanday sabab yo‘q edi. Yaqin kunlarda universitetga kirish imtihonlari uchun tayyorgarlikni boshlamoqchi edi. Bilishimcha, Nodira soat 08:48da deputat Unalga tegishli to‘pponchadan yuragiga o‘q uzgan. Bilkent shifoxonasiga joylashtirilgan singlimga shikoforlar yordam qila olishmadi. Ma’lum qilishlaricha, soat 09:50 da singlimning joni uzilibdi», deydi marhumaning akasi.

23 yashar Nodira Qodirovaning akasi o‘z so‘zida davom etarkan, sud-tibbiy ekspertizasi shubhali ravishda juda tez amalga oshirilgani, xulosani allaqachon berishganini aytadi: «Singlim 4 yildan buyon Turkiyada yashayotgan edi. Hech qanday muammosi yo‘q edi. Uning o‘z joniga qasd qilishi bizni hayratda qoldirdi. Sud-tibbiy ekspertizasi deputatning aralashuvi bilan juda tez tamomlandi».

Nodira Qodirovaning jasadi 25 sentyabr kuni soat 22:00 dagi reys bilan O‘zbekistonga olib kelingan.
Marhuma o‘z joniga qasd qilgan vaqtda deputat Shirin Unal o‘z uyida bo‘lgan. Biroq u bo‘lib o‘tgan voqealar xususida OAVning savollariga javob berishni istamagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik qiz turkiyalik deputatning uyida o‘z joniga qasd qildi