16:36 / 27.09.2019
2 776

Ikkinchi va uchinchi yo‘nalishda super-kontraktga kirish tartibi qanday?

Ikkinchi va uchinchi yo‘nalishda super-kontraktga kirish tartibi qanday?
Kuni kecha super-kontrakt bo‘yicha Davlat qabul komissiyasining qarori qabul qilindi. Ushbu qaror e’lon qilingach, joylarda turli tushunmovchiliklar kelib chiqdi.

Jumladan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xabarida (https://t.me/eduuz/1311) «birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilingan test sinovlari natijalariga ko‘ra, abituriyentlarning to‘plagan balini asos sifatida qabul qilib» degan jumla bor edi.

Mazkur jumlani ko‘pchilik noto‘g‘ri talqin qilmoqda. Ya’ni ayrim OTMlar ushbu jumlani «birinchi yo‘nalishdagi o‘tish ballaridagi tafovut asosida» deya noto‘g‘ri tushunmoqda.

Bu nima degani?

Masalan, o‘qishga kirish uchun birinchi yo‘nalishga 10 ball yetmadi. Ikkinchi yo‘nalishga 3 ball, uchinchisiga esa 1 ball yetmadi. Mana shunaqa holatda abituriyent ikkinchi yoki uchinchi yo‘nalishni tanalasa, garchi u 4 ballik zonada bo‘lsa ham, lekin birinchi yo‘nalishga 10 ball yetmagani uchun super-kontraktni 10, 15, 20, 25 barobar to‘lashi kerak, degan mish-mishlar chiqdi.

Aslida bu shunchaki mish-mish. Tegishli mutasaddilar bilan bog‘lanib, ushbu vaziyatga yana bir bor oydinlik kiritdim. Davlat qabul komissiyasi qarorida o‘tish ballari haqida hech narsa deyilmagan, faqat to‘plagan bali haqida gap ketmoqda.

Ya’ni yuqoridagi misol bo‘yicha oladigan bo‘lsak, abituriyent ikkinchi yo‘nalishni tanlasa, 3 ball yetmay qolgani uchun 2,5 barobar super-kontrakt to‘laydi. Agar uchinchi yo‘nalishni tanlasa, 1 ball yetmay qolgani uchun 1,5 barobar super-kontrakt to‘laydi.

Qiziq, qarorda nima uchun aynan birinchi yo‘nalishdagi to‘plagan bali deyilgan, buni shunchaki umumiy qilib «abituriyentning to‘plagan bali» desa bo‘lmasmidi?

Sababi shundaki, amaldagi tartib bo‘yicha abituriyent uchala yo‘nalishdan ham yiqilsa, uning ballari birinchi yo‘nalishda e’lon qilinadi. Ya’ni uchala yo‘nalishdan ham yiqilgan abituriyent ikkinchi yo‘nalishdagi OTMga borsa, ularning qo‘lidagi rasman tasdiqlangan qog‘oz variantda o‘sha abituriyentning to‘plagan ballari e’lon qilinmagan bo‘ladi. Garchi DTMning saytidan bemalol tekshirib olish mumkin bo‘lsa ham, ayrim OTMlarda «qog‘ozda yo‘qsan, demak mumkinmas», deya muammo qilish ehtimoli bor edi. Shu sababli ham qarorda «birinchi yo‘nalishda e’lon qilingan bali asosida» deya qo‘shib ketilgan.

Ammo bu zinhor birinchi yo‘nalishga necha ball yetmagan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi yo‘nalishda ham shuncha barobar super-kontrakt to‘laydi, degani emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ikkinchi va uchinchi yo‘nalishda super-kontraktga kirish tartibi qanday?