756 nafar ishchi xizmatchilarga 1,9 mlrd so‘m ish haqi undirib berildi

  • 27 sentyabr 2019, 17:24
  • 575
  • Jamiyat
  • 756 nafar ishchi xizmatchilarga 1,9 mlrd so‘m ish haqi undirib berildi
    Majburiy ijro byurosining Urganch shahar bo‘limi tomonidaan joriy yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida jami 756 ta ijro hujjati bo‘yicha korxona va tashkilotlarning 756 nafar ishchi xodimlariga to‘lab berilmagan 1.983.228.735 so‘m ish haqi pullari undirilib berilishi ta’minlandi.

    Xususan, Xorazm trolleybus boshqarmasining 45 nafar ishchi xodimlariga to‘lanmasdan qolgan jami 121.313.373 so‘m ish haqilari undirildi, keyinchalik “Tuyamuyin-Urganch” MSQFB Gurlan bo‘limi tomonidan to‘lanmasdan qolgan 26 nafar ishchi xodimlarining 57.163.814 so‘mlik ish haqlari undirilib, ishchi xodimlarga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

    Shuningdek, joriy yilning mart-may oylari davomida “Toza Xudud” davlat unitar korxonasining 95 nafar ishchi xodimlariga to‘lanmasdan qolgan qolgan 220.910.798 so‘m ish haqlari hamda “Tuyamuyin-Urganch” mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasining 590 nafar ishchi xizmatchilariga jami 1.583.840.750 so‘m ish haqlari undirib berilishi ta’minlandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 756 nafar ishchi xizmatchilarga 1,9 mlrd so‘m ish haqi undirib berildi