23:01 / 27.09.2019
2 869

Olmazor tumani «zamhokimi» ishdan olinganini Komil Allamjonov tasdiqladi

Olmazor tumani «zamhokimi» ishdan olinganini Komil Allamjonov tasdiqladi
Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov ishdan ketganini Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Komil Allamjonov tasdiqladi.

«Xabaringiz bor, bugun «Kun.uz» muxbiriga hujum qilgan Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahabov o‘z lavozimidan ozod qilindi. Shu munosabat bilan biz yana bir bor ta’kidlaymizki, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi har bir jurnalist va blogerni uning huquqlari buzilishidan himoya qilishni davom ettiradi», deyiladi xabarda.

Avvalroq hokim o‘rinbosari ishdan ketgani haqida xabar chiqib, keyin uni rad etishgandi. Toshkent shahar hokimligi shunday paytda rasman izoh yoki munosabat bildirsa, ayni muddao bo‘lardi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olmazor tumani «zamhokimi» ishdan olinganini Komil Allamjonov tasdiqladi