Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2019 yildan boshlab har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilandi.
Shuningdek, qarorga ko‘ra:
- vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalarida rahbar o‘rinbosarlaridan biri jamoatchilik asosida keksalar masalalari uchun mas’ul etib belgilanadi va “Faxriylar kengashi” faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- mehnat jamoalarida pensiyaga chiqish arafasida bo‘lgan mehnat faxriylarini taqdirlash va nafaqaga kuzatish tadbirlarini o‘tkazib borish amaliyoti joriy etiladi.
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi asosida keksa avlod vakillarining respublika bo‘ylab tarixiy shahar va ziyoratgohlarga sayohati uyushtiriladi.
Qaror bilan, shuningdek, “Keksalar maslahati” guruhlari to‘g‘risida namunaviy nizom tasdiqlandi.
Ushbu guruhlarning asosiy maqsadi keksalarning muammolarini manzilli o‘rganish va bartaraf etishdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi