16:33 / 29.09.2019
2 777

Nonvoy opani 4,5 mln. so‘mga "uxlatgan" chilangar

Nonvoy opani 4,5 mln. so‘mga "uxlatgan" chilangar
Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo‘limiga fuqaro N.Sh. ariza bilan murojaat qilib, Guliston shahar gaz ta’minoti korxonasi xodimi S.S. firibgarlik yo‘li bilan uning 4.500.000 so‘m pullarini olib, aldab ketganligi sababli unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni va pullarini undirib berishni so‘ragan.

Gaz ta’minoti hududiy filialida shartnoma bo‘yicha gaz jihozlaridan foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha chilangari vazifasida muqaddam ishlagan S.S. xizmat mavqeidan o‘z hisobiga foydalanganligi aniqlandi. Shaharning "Taraqqiyot" mahallasida nonvoyxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro N. Sh. ning iste’mol qilingan tabiiy gazdan vujudga kelgan 4.500.000 so‘m qarzdorligini yopib berishga va’da bergan.

Ish faoliyati davridagi ikki oylik muddat oralig‘ida 3.100.000 so‘m, 900.000 so‘m va 500.000 so‘m jami 4.500.000 so‘m naqd pullarini ustiga 500.000 so‘m qo‘shib, firma orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan 5.000.000 so‘m qilib to‘lab berishlikni aytgan.

Nonvoy opani avrab, 4.500.000 so‘m pulini firibgarlik yo‘li bilan olib, o‘zganing mulkini qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlandi. Holat yuzasidan olib borilgan tekshirish natijasida fuqaro S.S. tomonidan yetkazilgan zarar to‘liq undirib berildi.
Fuqaro S.S.ga nisbatan joriy yilning 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nonvoy opani 4,5 mln. so‘mga "uxlatgan" chilangar