Maydanak observatoriyasi yaqinida «Yulduzli osmon» mehmonxonasi quriladi

  • 29 sentyabr 2019, 22:39
  • 438
  • Jamiyat
  • Maydanak observatoriyasi yaqinida «Yulduzli osmon» mehmonxonasi quriladi
    Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani hududidagi Maydanak baland tog‘ observatoriyasi oldida «Yulduzli osmon» mehmonxonasi quriladi.
    Hisor tog‘ tizmalarining 2750 metr baland nuqtasida barpo etiladigan mehmonxona 100 nafar kishiga mo‘ljallangan bo‘ladi. Loyiha qiymati 6,5 million dollarga baholanmoqda.

    Bu haqda 27-28 sentyabr kunlari Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan Qashqadaryo investitsiya forumida viloyat hokimi o‘rinbosari Oybek Shagazatov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

    Mehmonxona qachon qurilib, foydalanishga topshirilishi ochiqlanmadi. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha ishga tushishi bilan 70ta ish o‘rni yaratiladi.

    Qayd etilishicha, o‘zining astroiqlimi hamda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangani tufayli jahondagi eng yetakchi astronomiya observatoriyalaridan biri hisoblangan Maydanak majmuasi xorijlik sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otishi shubhasiz. Observatoriya joylashgan hudud nihoyatda sokin bo‘lib, ko‘pchilikda tovushli gallyutsinatsiyalar kuzatiladi. Quyoshning chiqishiga guvoh bo‘lish ham kishiga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.

    O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli bu observatoriyaga 1970 yilda Shahrisabz shahridan 45 kilometr janubda joylashgan Maydanak platosida asos solingan.

    Qo‘shimcha qilish joiz, Shahrisabzda ikki kun davom etgan xalqaro forumda Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Rossiya, Hindiston kabi yigirmaga yaqin davlatdan 150 nafardan ortiq ishbilarmonlar va turli kompaniya vakillari ishtirok etdi.
    Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir doirasida umumiy qiymati 300 million dollarga teng bo‘lgan 11 ta shartnoma imzolandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Maydanak observatoriyasi yaqinida «Yulduzli osmon» mehmonxonasi quriladi