23:58 / 29.09.2019
4 081

Shavkat Mirziyoyevdan yordam so‘ragan bemorning videomurojaatiga Surxondaryo viloyat hokimligi munosabat bildirdi (video)

Shavkat Mirziyoyevdan yordam so‘ragan bemorning videomurojaatiga Surxondaryo viloyat hokimligi munosabat bildirdi (video)
Surxondaryo viloyati hokimligi jigar sirroziga uchragan, jigar transplantatsiyasi uchun ko‘plab tashkilotlardan hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevdan yordam so‘ragan Feruza Ramazonovaning videomurojaatiga munosabat bildirdi.

Surxondaryo viloyat hokimligining xabarida shunday deyiladi:
«Feruza Ramazonova 1984 yilning 17 martida tug‘ilgan. Sho‘rchi tumani «Navro‘z» mahallasi, J.Ashurov ko‘chasi 14-uyda istiqomat qiladi. II guruh nogironi.

Feruza Ramazonova 1999 yildan buyon tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida dispanser nazoratiga olingan. O‘tgan yillar davomida dispanser kuzatuvida tuman, viloyat shifoxonalarida, respublika klinikalarida ambulator va statsionar sharoitda davolanib keldi.

2019 yilning sentyabr oyida tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi hamda Toshkent shahridagi Endokrinologiya bo‘limida davolanib chiqdi.

2019 yilning 26 sentyabrida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, tuman bosh vrachi va mutaxassislari bemor Feruza Ramazonovaning uyida bo‘lishdi. Tibbiy ko‘rik davomida bemorning ahvoli nisbatan qoniqarli ekanligi, donordan jigar ko‘chirib o‘tkazilishi uchun bemor va donorning tibbiy tekshiruvdan o‘tmaganligi aniqlandi.

V.Vohidov nomidagi xirurgiya ilmiy markazi mutaxassislari bilan bog‘lanib, bemor va donor to‘liq tekshiruvdan o‘tishi, donordan jigar ko‘chirib o‘tkazish mos kelishi to‘g‘risida tibbiy xulosa olingandan keyin belgilangan summaga shartnoma olib kelishi, viloyat hokimligi va homiylar tomonidan ushbu summa to‘lab berilishi tushuntirildi»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyevdan yordam so‘ragan bemorning videomurojaatiga Surxondaryo viloyat hokimligi munosabat bildirdi (video)