11:30 / 30.09.2019
2 782

Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘rinlar soni ko‘paytirilishi rejalashtirilmoqda

Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘rinlar soni ko‘paytirilishi rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi yanada oshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigida aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, keyingi ikki yilda mamlakatda 35 ta, jumladan, 13 ta xorijiy oliy o‘quv yurti tashkil etildi. Yuzdan ortiq yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda 94 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

“Ana shunday chora-tadbirlar natijasida yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi uch yil burungi 9 foizdan 20 foizga oshdi. Biz yaqin kelajakda bu ko‘rsatkichni 25 foizga yetkazishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz”, - deyiladi tabrik matnida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘rinlar soni ko‘paytirilishi rejalashtirilmoqda