12:35 / 30.09.2019
2 383

Nega ayrim mahsulotlar yorlig‘i o‘zbek tilida emas?

Nega ayrim mahsulotlar yorlig‘i o‘zbek tilida emas?
Foto: Fotolia
O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi» Qonuning 6-moddasida ishlab chiqaruvchi va sotuvchi iste’molchiga u tomondan sotib olinadigan mahsulotlar to‘g‘risidagi zarur bo‘lgan, ishonchli va ochiq axborotlarni o‘z vaqtida taqdim etishga majbur ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Muammo shundaki, ko‘p hollarda iste’molchi mahsulot haqida batafsil ma’lumotlarni davlat tilida olish imkoniyatiga ega emas. Buning ustiga, mahsulot to‘g‘risidagi axborotlar o‘qish uchun nihoyatda mayda harflar bilan yozilgan bo‘lib, undan iste’molchi o‘z vaqtida foydalana olmayapti.

"O‘zstandart" agentligining rasmiy sahifalarida ma’lum qilinishicha, mahsulot to‘g‘risidagi axborotlar yozilgan o‘zi yopishadigan stikerlar, uni respublikaga kirib kelguniga qadar tushiriladi va har doim ham ishlab chiqaruvchining axborotlaridan farqli ravishda ishonchli axborotga ega bo‘lmasligi mumkin. Natijada ishlab chiqaruvchi taqdim etilgan axborot uchun javobgar bo‘lmaydi.

Xalqaro amaliyot
Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) 1985 yilda tasdiqlangan prinsiplariga muvofiq iste’molchi quyidagi huquqlarga ega:
- mahsulotlar xavfsizligi va ularning sotuvchining (ishlab chiqaruvchining) takliflariga aniq muvofiqlikda ishlashi;
- belgilangan «xizmat ko‘rsatish» va ushbu tovarni ishlashga yaroqli holda saqlash kafolatlari davrida mahsulotning sifati;
- bazaviy talablarni qondirish, hozirgi va kelajak avlodni ishonchli va sog‘lom hayot kechirishiga tahdid ko‘rsatmaydigan sog‘lom atrof muhit huquqi.

O‘zbekiston bilan yirik iqtisodiy aloqalarga ega Rossiya Federatsiyasining «Iste’molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi» qaroriga muvofiq, iste’molchilarga tovarni sotib olishda uni ishlab chiqaruvchisi, standart va asosiy iste’molchi hususiyatlarini ro‘yxatini, agar bu oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lsa, ularning tarkibi, kaloriyaliligi, sog‘liq uchun zararli moddalar miqdori va ma’lum bo‘lgan kasalliklarda bu mahsulotni iste’mol qilishga qarshi ko‘rsatmalarni bilish huquqiga ega. Vaqt o‘tishi bilan istemol qilish xususiyatlari yomonlashishi mumkin bo‘lgan tovarlarda yaroqlilik muddati va ishlab chiqarish sanasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Shunday qilib, chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarda davlat tilidagi tamg‘a yo‘qligi, iste’molchilar huquqlarini poymol qilinishiga olib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nega ayrim mahsulotlar yorlig‘i o‘zbek tilida emas?