16:45 / 30.09.2019
3 082

Soliq qarzdorliklari undirilmoqda

Soliq qarzdorliklari undirilmoqda
Majburiy ijro byurosining Bo‘ka tumani bo‘limi ish yurituvida, O‘rtachirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 26 sentyabr kungi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Bo‘ka paxta tozalash zavodi” AJdan undiruvchi Bo‘ka tuman DSI foydasiga 2 mlrd. 641 mln. so‘m soliq qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida,tuman davlat ijrochilari tomonidan MIB partal elektron dasturi orqali qarzdorning nomidagi mol-mulklar aniqlanib hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 47-moddasiga asosan qarzdor “Bo‘ka paxta tozalash zavodi” AJning ATB “Agrobank” Bo‘ka filialidagi hisob raqamlariga band solingan.

Shuningdek, qarzdorga tegishli bo‘lgan 2 ta ko‘chmas mulk binolari xatlanib dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Shu bilan birga, qarzdor “Bo‘ka paxta tozalash zavodi” MChJdan 2019 yil 28 sentyabr kuni 1 mlrd. 994 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirildi.
Hozirda soliq qarzdorliklirin to‘liq undirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq qarzdorliklari undirilmoqda