Tanzila Norboyeva: «Bunday xabarlar mamlakat obro‘siga putur yetkazmay qolmaydi»

  • 30 sentyabr 2019, 17:26
  • 1 322
  • Jamiyat
  • Tanzila Norboyeva: «Bunday xabarlar mamlakat obro‘siga putur yetkazmay qolmaydi»
    Bugun Oliy Majlis Senati Reglament va odob komissiyasi yig‘ilishida Farg‘ona viloyat hokimi, senator Shuhrat G‘aniyev masalasi ko‘rib chiqildi.

    «Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati hokimining yig‘ilishda bildirgan fikri yuzasidan bir qancha materiallar e’lon qilindi. Va xalq tomonidan juda keskin fikrlar bildirildi. Bir so‘z bilan aytganda, internetda bu masala yuzasidan fikr bildirmagan inson ham qolmadi», deya hokimning ishini qoraladi Senat raisi Tanzila Norboyeva.

    Tanzila Norboyeva Shuhrat G‘aniyevga bildirilgan munosabatlarning barchasi salbiyligi, bunday fikrlar bir necha kun ichida ijtimoiy tarmoqlarni «portlatgani»ni ta’kidladi.

    «Rahbarman deb chegaradan chiqish, odob-axloq qoidasiga rioya qilmaslik, o‘zidan past turgan xodimlarni haqoratlash, «Men hamma narsani qilaveraman», degan dunyoqarash noto‘g‘ri», deya hokimning qilgan ishini qoraladi Senat Raisi.
    Bundan tashqari, Reglament va odob komissiyasi yig‘ilishida Tanzila Norboyeva Senat qanday chora ko‘rishini butun xalq kutayotganini ta’kidladi.

    «Shuhrat G‘aniyev ham davlat rahbarlaridan biri hisoblanadi. Butun dunyoga uning xatti-harakatlari haqida xabarlar ketayotgani esa mamlakat obro‘siga putur yetkazmay qolmaydi. Shuning uchun men Reglament va odob komissiyasi nomidan unga qat’iy ogohlantirish va 3 oy sinov muddati ham berilishini taklif qilaman. Bundan keyin Shuhrat G‘aniyev o‘zi ta’kidlaganidek, milliy libos kiyib ulg‘ayganini unutmagan holda yana xato qilmaslikka butun bilimi bilan harakat qilishi zarur», dedi Tanzila Norboyeva.

    Senat Raisi Farg‘ona viloyat hokimidan boshqa rahbarlar faoliyatida ham uylar buzilishi, daraxtlar kesilishi bilan bog‘liq turli qo‘pol harakatlar uchrab turganini aytib o‘tib, endi zamon o‘zgargani, bu yangi zamonda inson sha’ni, qadr-qimmati qattiq hurmat qilinishi kerakligini ta’kidladi.

    «Islohotlar amalga oshirilishi jarayonida odamlarda yaxshi kayfiyat bo‘lishi kerak. Buning uchun esa insonlar sha’ni, qadr-qimmati toptalmasligi zarur. Bu Konstitutsiyada ham qat’iy belgilab qo‘yilgan.

    Aytish joizki, Senat xalq vakillaridan iborat palata hisoblanadi. Shuning uchun biz bu masalalar gazak olmasdan, hamma ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirib bo‘lgandan keyin munosabat bildirishimiz kerak emas. Bundan keyin faoliyatimizni bu kabi masalalarda ham kuchaytiramiz», - deya komissiya yig‘ilishini tugatdi Tanzila Norboyeva.

    Eslatib o‘tamiz, komissiya yig‘ilishida Shuhrat G‘aniyev ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga bildirilayotgan tanqidlar to‘g‘riligini e’tirof etib, o‘zining aybini tan olgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tanzila Norboyeva: «Bunday xabarlar mamlakat obro‘siga putur yetkazmay qolmaydi»