22:18 / 30.09.2019
4 254

Prezident O‘zbekistonda ro‘molni hech kim taqiqlamasligini aytdi

Prezident O‘zbekistonda ro‘molni hech kim taqiqlamasligini aytdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bokschilar bilan uchrashuvida O‘zbekistonda ro‘mol o‘rashga hech kim to‘sqinlik qilmasligini aytgan.

Jahon chempioni Miraziz Mirzaxalilovning onasi (ro‘mol o‘rab so‘zga chiqqan) sportchilar uchun yaratib berilgan sharoitlarni aytib, davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p-ko‘p masalalar ko‘tarilyapti. Qanday yarashadi o‘zbekona ro‘mollar, o‘zbekona kiyinishlarimiz?! Mana shu turishingiz haqiqiy o‘zbek onasi timsolidir, onalarimiz, singillarimiz mana shunday yurishiga hech kim hech qachon qarshi bo‘lmaydi O‘zbekistonda.

Mana, hammamizning buvilarimiz o‘tgan, hayot onalarimiz bor. Ularning kiyinishiga qarab, hammamiz havas qilamiz. Men ham shunday o‘g‘il tarbiyalaganingiz uchun siz bilan ko‘rishganimdan men ham xursandman. Siz baxtiyor onasiz, men siz orqali baxtiyor prezidentman
, — degan davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident O‘zbekistonda ro‘molni hech kim taqiqlamasligini aytdi