13:20 / 01.10.2019
2 289

Oʻzbekiston madaniy merosi amerikani zabt etmoqda

Oʻzbekiston madaniy merosi amerikani zabt etmoqda
Dunyoga mashhur kolleksiyachi Gido Goldmanning noyob, oʻziga xos rang berish uslubi katalogi nashrga tayyorlanmoqda. 2019-yilning 27-sentyabrida AQSH poytaxti Vashingtonning of Ronald Reagan Building and International Trade Center nomli nufuzli zalida “Yangi Oʻzbekiston: noyob madaniy tashabbuslar“ nomli media tadbir boʻlib oʻtdi. Mashhur amerikalik tarixchilar, sharqshunoslar, kolleksiyachilar, zardoʻzlar tadbirning asosiy ishtirokchilari boʻlishdi va unga haqiqiy sharqona kayfiyat ulashishdi.

Unda aynan oʻzbek toʻqimachilik sanoatiga katta eʼtibor qaratildi. Olimlar oʻzbek toʻqimachiligini yuqori baholab, oʻz maʼruzalarida, taqdimotlarida uning goʻzalligi, nafisligi haqida soʻz yuritishdi, sharqona liboslarni namoyish etishdi.

“Agar hayotim davomida birorta sanʼat turidan hayratlangan boʻlsam, bu albatta oʻzbek toʻqimachiligidir...“ deb Garvard universiteti qoshidagi Yevropa tadqiqotlari markazi asoschi-direktori, kolleksiyachi, doktor Gido Goldman soʻzlaridan iqtibos keltirdi “Vashington post“ gazetasi.

“Oʻzbekiston madaniy merosi kolleksiyasi ilk marotaba Qoʻshma Shtatlarda keng miqyosda namoyish etildi. Bu yerga Amerika muzeylarida, kutubxonalarida faoliyat yurituvchi dunyoga mashhur olimlar, tadqiqotchilar, sanʼatshunoslar, kolleksiyachilar yigʻilishdi. Ular bugungi kunda Amerika va Kanada fondlarida Oʻzbekiston madaniy merosiga tegishli qanday noyob kolleksiyalar borligi, ularning qanchasi shaxsiy kolleksiyalarda, qanchasi davlat muzeylarida saqlanayotgani haqida soʻz yuritishdi, – dedi yetakchi Janubi-Sharqiy Osiyo Akademiyasi ijrochi direktori Adam Smit Albion.– Loyihadagi ajoyib 35 tomlik kitoblar, yigirmadan ortiq fantastik hujjatli filmlar faxrlanishga arziydi“.

Muzey hamjamiyati vakillari va kolleksiyachilar “Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida“ loyihasining dunyo amaliyotidagi oʻrnini yuqori baholab, hamkorlik qilish niyatida ekanliklarini taʼkidlashdi.

“Angliya, Germaniya, Fransiya, Polsha, Chexiyada muvaffaqiyatli ravishda oʻtkazilgan tadbirlardan keyin Yangi Oʻzbekiston madaniy tashabbusi taqdimoti toʻlqinlari Amerikaga yetib keldi, – dedi oʻz soʻzida Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti asoschisi va raisi Frederik Starr, – Bu juda katta loyiha. Hali birorta mamlakat dunyo toʻplamlarida saqlanayotgan oʻzining madaniy merosini yagona katalogga toʻplay olmagan. AQSHlik olimlar Oʻzbekistonning bu yoʻnalishda olib borayotgan ishlarini olqishlaydi va qoʻllab quvvatlaydi“.

“Bugun biz bu ishning bir qismi bilan tanishdik. Ayni kunda bu Oʻzbekiston hukumati va Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ushbu koʻpchilikda qiziqish uygʻotayotgan tashabbus toʻliq qoʻllab-quvvatlanayotganini bilamiz. oʻylaymanki, media forum bu yoʻnalishda oʻz maqsadiga erishdi”, - dedi Islom sanʼati Metropoliten muzeyi departameni direktori Deniz Beyazit.

Tadbir yakunida Oʻzbekiston madaniy merosini saqlash, oʻrganish va ommalashtirish butunjahon jamiyati raisi Firdavs Abduxoliqov va kolleksioner Gido Goldman oʻzbek matosining nodir va boy namunalari jamlanmasini oʻz ichiga olgan “Oʻzbek ikatlari” nomli albomni nashr qilish borasida kelishib olishdi. Mazkur albomga kiruvchi ajoyib manbalarni doktor Goldman hadya tariqasida bir qator Amerika muzeylariga taqdim etgan.

Dunyoga mashhur kolleksioner oʻzbek ikatlari katalogini tuzish borasida loyihaga qoʻldan kelgancha beminnat yordam berishini taʼkidladi.

- Ushbu media iventning biz tomondan boshqa mamlakatlarda oʻtkazilgan odatdagi tadbirlardan farqi shuki, unda loyiha tarixida ilk bor yirik kolleksionerlar biz bilan hamkorlik qilish boʻyicha ochiq fikr bildirishdi. Bu yangilanayotgan Oʻzbekistonga boʻlgan chuqur ishonch va eʼtibor namunasidir. Ayni paytda, keng jamoatchilikka shu kungacha maʼlum boʻlmagan madaniy merosimiz namunalari aynan xorijlik kolleksionerlarning shaxsiy jamlanmalarida saqlanmoqda, – dedi Firdavs Abduxoliqov.

Manba: Xs.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekiston madaniy merosi amerikani zabt etmoqda