O‘zbekistonda har 100 uyda 44 ta avtomobil bor

  • 01 oktyabr 2019, 15:39
  • 899
  • Jamiyat
  • O‘zbekistonda har 100 uyda 44 ta avtomobil bor
    O‘zbekistondagi har 100 oilada 44ta avtomobil, 81ta kir yuvish mashnalari bor, deb xabar qildi Davlat statistika qo‘mitasi kecha AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

    Aholining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida davlat statistika organlari tomonidan har yili uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o‘tkaziladi. Ushbu kuzativ natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining farovonlik darajasi yil sayin ortib bormoqda.

    Xususan, 2018 yilda uy xo‘jaliklarining internet tarmog‘iga ulanish darajasi - 80,9%ga yetdi. Internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta shaxslarning ulushi 55,2% ni, ulardan erkaklar 60,4% ni, ayollar esa 50,2% ni tashkil etmoqda.

    Shuningdek, Statistika qo‘mitasi maishiy texnika bilan ta’minlanish darajasi ham yil sayin ortib borayotganini qayd etdi. Xususan, O‘zbekistonda 2018 yilda 100 uy xo‘jaligida - 155 ta televizor, 55 ta elektr changyutgich, 81 ta kir yuvish mashinasi, 103 ta sovutgich va muzlatgich, 52 ta shaxsiy kompyuter, 35 ta konditsioner, 44 ta yengil avtomobil va 262 ta mobil telefonlar borligi qayd etilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda har 100 uyda 44 ta avtomobil bor