18:20 / 01.10.2019
3 875

To‘yga ketaverishda boshqalar hayotiga xavf solgan Nexia va Spark haydovchisi jarimaga tortildi (video)

To‘yga ketaverishda boshqalar hayotiga xavf solgan Nexia va Spark haydovchisi jarimaga tortildi (video)
Foto: «Daryo»
Ijtimoiy tarmoqlarda Nexia-3 va Spark avtomobili yo‘lning qatnov qismida yo‘l harakati ishtirokchilarining hayotiga xavf solib, ularning erkin harakatlanishiga xalaqit beruvchi harakatlarni amalga oshirgan holda, dvigatelni zo‘r berib ishlatgan haydovchilar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Toshkent viloyati IIBB YHXBning ma’lum qilishicha, o‘rganishlar natijasida ushbu holat 28 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumanida haydovchilar to‘yga ketayotgan vaqtda sodir bo‘lgani aniqlangan.

Videodagi Nexia-3 haydovchisi Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi 21 yoshli J.X. ekanligi aniqlangan va unga nisbatan Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) 2-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va eng kam ish haqining o‘n baravari — 2 230 000 so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

Shuningdek, u 2019 yilda 15 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgani, o‘tgan davr mobaynida tezlikni oshirishi natijasida 4 marotaba fotoradarlarga tushib, 60 kun muddat ichida belgilangan jarimalarni to‘lamasdan kelgani aniqlangan. Shu sababli hozirda uning Nexia-3 avtomobili vaqtinchalik jarima maydonida saqlanmoqda.

Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB
Videotasvirdagi Spark avtomobili esa Toshkent shahriga tegishliligi aniqlangan bo‘lib, holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar yakuniy qaror qabul qilinishi uchun Toshkent shahar IIBB YHXBga yuborilgan. Spark haydovchisi ham MJtKning 128-5-moddasi 2-qismiga asosan 2 230 000 so‘m jarimaga tortilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » To‘yga ketaverishda boshqalar hayotiga xavf solgan Nexia va Spark haydovchisi jarimaga tortildi (video)