Boks bo‘yicha Jahon chempioni Bahodir Jalolovga Toshkentdan uy sovg‘a qilindi

  • 01 oktyabr 2019, 19:48
  • 1 263
  • Jamiyat
  • Boks bo‘yicha Jahon chempioni Bahodir Jalolovga Toshkentdan uy sovg‘a qilindi
    9—21 sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon chempionati oltin medal sovrindori Bahodir Jalolovga Prezident sovg‘asi topshirildi.

    Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Jahon chempionatining eng yaxshi sportchisi deb topilgan Jalolovga Prezident sovg‘asi — Toshkent shahri Qori Niyoziy ko‘chasida joylashgan uy-joylardan birini topshirdi.

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jalolovga Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki uchun Prezident sovg‘asi — Tracker avtomobili taqdim etilgandi.

    Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik bokschilar Jahon chempionatida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Boks bo‘yicha Jahon chempioni Bahodir Jalolovga Toshkentdan uy sovg‘a qilindi