10:51 / 02.10.2019
3 061

Poraxo‘r mas’ullar balosi

Poraxo‘r mas’ullar balosi
Odamlardan biri Zayd o‘z idoralarida poraxo‘rlik badalisiz ishlay olmaydi va odamlarning iltimoslarini usiz bajara olmaydi.
Bu ish poraxo‘rlar bilan mas’ullar orasida keng tarqalib, go‘yoki haqli daromad manbasiga aylanib ketdi.

Mas’ul e’tibor berib qaraydi, agar ushbu muomalani amalga oshirsa bu unga katta daromad keltirishini bilgach o‘sha moldan o‘zi uchun ulush bo‘lishi kerakligini qattiq xohlaydi (tama’ qiladi). Keyin u o‘sha iltimosnomani oladi va moldan ulush olgunicha uni o‘z oldida bir muddat qoldiradi.

O‘zi uchun kelgan tovar mollarini bojxonadan pul to‘lab chiqarmoqchi bo‘layotgan kishining holati ham shunga o‘xshaydi. U yerda ishlovchi mas’ul uning tovarini moldan biror narsa (pora) olganidan keyingina o‘tkazib beradi.

Poraxo‘rlik quruq xashak ichida olov tarqalgani kabi (hamma sohada) kengayib ketdi.
Ehtimol poraxo‘r namozxon bo‘lishi mumkin. Ehtimol u Allohning uyini haj qilayotgan yoki molining zakotini berayotgan kishilardan bo‘lishi mumkin. Keyin siz unga qarab pora berayotgani yoki pora olayotganini ko‘rasiz!!

(Ilgari) musulmonlarning qanday bo‘lganlariga e’tibor beringlar. Ularning biri o‘z idishini ko‘rsa va uni boshqa birovning idishi bilan adashtirib qo‘yganga o‘xshasa u Allohdan qo‘rqib o‘zini nazorat qilgan va o‘z idishini ham tashlab ketgan.

O‘rtadagi farqqa e’tibor beringlar.
Zamonlar osha musulmonlarning holi qay ahvolga yetib keldi. Ilgari musulmonlarning holi qanday edi.

Biz o‘zimizni imom Ahmad kabi bo‘la olamiz, deb ayta olmaymiz. Lekin bu voqeiylik bizni islom shariatidan qanchalik uzoqlashib ketganimizni bilishimiz uchun yorqin o‘lchov bo‘lishi kerak.

Agar biz ushbu so‘zlarni o‘qisak shuning o‘zi bizga kifoyadir.
Biz poraxo‘rlikni rad etishimiz, muomalada aldamchilikni tark qilishimiz va savdo sotiqda yolg‘ondan chekinishimiz (lozim).

Ha, shuning o‘zi biz uchun yetarlidir.
Imom Butiyning “Poraxo‘r mas’ullar balosidan poklanish yo‘lida“
nomli turkum dasturidan Abdulloh G‘ulomov tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Poraxo‘r mas’ullar balosi