18:53 / 02.10.2019
3 098

MIB Surxondaryoda yarmarka tashkil qildi

MIB Surxondaryoda yarmarka tashkil qildi
Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasi hamda tuman-shahar bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 200-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq sotuvga chiqarilgan tovar moddiy boyliklarni sotish maqsadida joriy yilning 29 sentyabr kuni Termiz shahar markaziy oziq ovqat va Denov tuman bobodehqon bozor markazlarida savdo yarmarkalari tashkil etildi.

Mazkur savdo yarmarkalarida fuqarolar o‘zlarining ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni arzon va qulay narxlarda harid qilishdi.
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulklar savdo yarmarkasidan bir kunda jami 14 million 600 ming so‘mlik tovar moddiy boyliklar sotildi.
Bu kabi savdo yarmarkalarini tez-tez o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Surxondaryoda yarmarka tashkil qildi