Davlat test markazining qator vakolatlari olib qo‘yildi

  • 02 oktyabr 2019, 19:19
  • 1 060
  • Jamiyat
  • Davlat test markazining qator vakolatlari olib qo‘yildi
    Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

    Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 oktyabrdagi 400-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartining “II. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablar” bo‘limining 2.6-kichik bandi (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish) yettinchi xatboshi (Tashqi nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat test markazi tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi tomonidan tayyorlangan “Ta’lim muassasalari va pedagogik kadrlarning davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasi haqidagi Nizom” va amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi) quyidagi tahrirda bayon qilindi:

    “Tashqi nazorat - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi;”.

    Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar”ning “Kadrlar tayyorlash sifati va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholash” bo‘limining 8.1-kichik bandi (Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish) oltinchi xatboshisidagi (tashqi nazorat belgilangan tartibda Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi) “Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi.

    Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2001 yil 4 oktyabrdagi 400-son qarorining 3-bandidagi (Davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda 2001/2002 o‘quv yilidan boshlab o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borsin va davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq baholasin) “Davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda” so‘zlari bilan almashtirildi.

    Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o‘tishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003 yil 29 oktyabrdagi 473-son qarorining 6-bandi birinchi xatboshisidagi (Davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda) “Davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda” so‘zlari bilan almashtirildi.

    Vazirlar Mahkamasining “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006 yil 16 fevraldagi 25-son qarorida:

    2-bandning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi) to‘rtinchi xatboshisidagi (har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalari o‘quv-metodik jarayoni sifati va ular pedagoglari kasb malakasi darajasining mazkur qaror bilan tasdiqlangan Davlat talablariga muvofiqligining tezkor diagnostikasini amalga oshirsinlar) “Davlat test markazi” so‘zlari “Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi;

    1-ilovada:
    “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tuzilmasi” bo‘limi sakkizinchi xatboshisidagi (Davlat test markazi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va malaka oshirish sifati monitoringini olib boradi, shuningdek, attestatsiya o‘tkazish yo‘li bilan ushbu muassasalarning pedagog kadrlari malaka darajasini baholaydi) “Davlat test markazi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi;

    “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini baholash” bo‘limi 11.2-kichik bandi (Ta’lim muassasalarining kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatini baholash tartibi) ikkinchi xatboshisidagi (Ta’lim muassasalarining kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatini baholash tartibi qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi Nizom bilan tartibga solinadi hamda Davlat test markazining kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarni va ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish boshqarmasi tomonidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi) “Davlat test markazining kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarni va ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish boshqarmasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi;

    Maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tuzilmasidagi “Davlat test markazi” so‘zlari “Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi;

    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tuzilmasidagi “Davlat test markazi” so‘zlari “Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi;

    Oliy ta’lim pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tuzilmasidagi “Davlat test markazi” so‘zlari “Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi.

    Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 20 fevraldagi 27-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxati 117- (Malaka toifalari to‘g‘risida sertifikat olgan O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablari pedagoglari reyestri), 118-pozitsiyalarining (Akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi reyestr) “Mas’ul davlat organlari” ustunidagi “Davlat test markazi” so‘zlari “Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi.

    Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-son qarorining 4-bandi birinchi xatboshisidagi (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda) “Davlat test markazi” so‘zlari “Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi.

    Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomning 18-bandidagi (Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini, shuningdek o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini o‘rganish va baholash O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi) “Davlat test markazi” so‘zlari “Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi.

    Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2009 yil 18 dekabrdagi 319-son qarorida:

    1-ilovaning 62-bandi (Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning sifatini nazorat qilish va baholash quyidagilarni o‘z ichiga oladi) “v” kichik bandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, kadrlarning boshqa buyurtmachilari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat) va 66-banddagi (Chet elda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida berilgan hujjatlar (sertifikatlar, guvohnomalar) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan ekspertiza asosida tasdiqlanishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ularning haqiqiyligi, dasturlarga va mutaxassis malaka tasnifining u o‘qigan muddatlarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.

    Ekspertizani o‘tkazish tartibi va chet elda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida berilgan hujjatlar (sertifikatlar, guvohnomalar) bo‘yicha xulosalar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi) “Davlat test markazi” so‘zlari “Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi;

    2-ilovaning 38-bandi (O‘qitish jarayonida klinik ordinatorlar bilimlari va malakasini baholashda 100 balli baholash tizimi qo‘llanadi. Bunda nazorat qilishning quyidagi turlari nazarda tutiladi) to‘rtinchi xatboshisidagi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat (nazorat tadbirlari rejasi bo‘yicha va rejadan tashqari ta’lim faoliyatini monitoring va nazorat qilish) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat (muassasalarni belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish) “Davlat test markazi” so‘zlari “Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Davlat test markazining qator vakolatlari olib qo‘yildi