23:36 / 02.10.2019
5 133

Prezident maslahatchisi Rustam Inoyatovning o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Prezident maslahatchisi Rustam Inoyatovning o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
Nozimbek Mansurbekovich Rustambekov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Nozimbek Rustambekov / Arxiv surat
U endi Adliya vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Adliya maslahatchisi Nozimbek Rustambekov 2018 yil avgustidan buyon prezident maslahatchisi Rustam Inoyatovga o‘rinbosarlik qilayotgandi. Ayni vaqtda Rustam Inoyatovning birinchi o‘rinbosari Bekzod Mavlonov o‘z lavozimini saqlab qolgan.

Ma’lumot uchun, Nozimbek Rustambekov 2018 yil fevralida Bosh prokuror o‘rinbosari bo‘lgan, keyinroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident maslahatchisi Rustam Inoyatovning o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi