Usmonxon Alimov yana dunyoning eng nufuzli musulmonlar ro‘yxatidan joy oldi

  • 02 oktyabr 2019, 23:08
  • 926
  • Jamiyat
  • Usmonxon Alimov yana dunyoning eng nufuzli musulmonlar ro‘yxatidan joy oldi
    Iordaniya Hoshimiylar qirolligi poytaxtida joylashgan Sultonlik Islomiy ctrategik tadqiqotlar markazi tomonidan shu yilning 30 sentyabr kuni "Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni" ro‘yxati e’lon qilindi.

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari bir necha yillardan buyon ushbu ro‘yxatdan joy olib kelmoqda.

    Usmonxon Alimov – 1950 yili Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tug‘ilgan. Buxorodagi “Mir Arab” madrasasi va Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom oliy ma’hadida tahsil olgan. Uzoq yillar davomida Samarqand viloyatidagi “Imom Buxoriy” jome masjidida imom-xatib bo‘lib ishlagan. 2000–2006 yillari O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyatidagi vakili bo‘lib xizmat qildi. 2006 yil 8 avgustda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy etib saylandi.

    Reytingga UFC chempioni Habib Nurmagomedov ham kiritildi.

    Shuningdek, ro‘yxatdan Pokiston bosh vaziri Imran Xan, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov, Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov hamda futbolchi Muhammad Saloh o‘rin olgan.

    The Muslim 500 reytingi har yili Ummon qirolligi islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan e’lon qilinadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Usmonxon Alimov yana dunyoning eng nufuzli musulmonlar ro‘yxatidan joy oldi