Foto: «Kazinform»
Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo markazi Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida yaratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Qayrat Torebayev ma’lum qildi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, Qozog‘istonning Markaziy Osiyodagi asosiy strategik sherigi O‘zbekiston hisoblanadi. Umumiy qiymati 210 million dollar bo‘lgan 70 turdagi mahsulotni O‘zbekistonda ishlab chiqarish mumkin, deb ta’kidlanadi vazirlik tomonidan.
Qayrat Torebayevning aytishicha, O‘zbekiston bilan hamkorlik doirasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo markazi loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Vazir o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, muzokaralarning bir necha raundi bo‘lib o‘tgan va mazkur xalqaro markaz uchun beshta joy tanlab olingan. Xalqaro markazning maqsadi Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegarada kichik ulgurji va chakana savdoning yangi formatini yo‘lga qo‘yish, xalqaro turizmni rivojlantirish, logistika xizmatlarini yaxshilash va chegaraviy biznes kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.
Loyihani amalga oshirish bosqichida 10 ming ishchi o‘rni, savdo markazi ishga tushganidan keyin esa 40 ming ishchi o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»