15:40 / 04.10.2019
2 781

MIB Termizda 250 mln. so‘mdan ortiq noreal qarzdorlik olib tashladi

MIB Termizda 250 mln. so‘mdan ortiq noreal qarzdorlik olib tashladi
Termiz tumani hududida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bilan shug‘illanuvchi “BIO Texno EKO” mas’uliyati cheklangan jamiyatning hisob – kitoblarni amalga oshiruvchi “Billing” dasturi bo‘yicha tumanda 32 ta mahalladan, 21 ming 200 ta abonent hisobga olingan bo‘lib, shu asosda jami 107 ming 951 nafar aholiga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Demak har bir abanent uchun belgilangan tarif rejasiga asosan hisob kitoblar amalga oshiriladi.
Biroq, Majburiy ijro byurosining Termiz tuman bo‘limi xodimlari aholidan mazkur yo‘nalishda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni talab qilishganida, fuqarolar jamiyat tomonidan hech qanday xizmat ko‘rsatilmayotganligini ta’kidlashmoqda.

Byuroning Termiz tuman bo‘limi tomonidan mazkur yo‘nalishdagi xizmat ko‘rsatilmayotgan joylarni aniqlashtirib, jamiyatga taqdim qilindi.
Jumladan, tuman hududida jami 2 ming 121 ta abonent, ya’ni 11 ming 71 nafar aholiga 2018 yilning fevral oyidan joriy yilning shu davriga qadar to‘liq xizmat ko‘rsatilmasdan, “Billing” dasturida sun’iy qarzdorlik hisoblanayotganligi aniqlanib, byuro xodimlari tomonidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.

Natijada, MIB xodimlari tomonidan 250 million so‘mdan ortiq hisoblangan noreal qarzdorlik, jamiyatining “Billing” dasturi bazasidan olib tashlandi.
Debitor qarzdorliklarni kamaytirish borasidagi bu kabi ishlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Termizda 250 mln. so‘mdan ortiq noreal qarzdorlik olib tashladi