18:10 / 04.10.2019
4 957

Prezident administratsiyasida yangi lavozim joriy etildi

Prezident administratsiyasida yangi lavozim joriy etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining rektori lavozimi joriy etildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshida Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yuridik shaxs bo‘lmagan holda tashkil qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident administratsiyasida yangi lavozim joriy etildi