21:21 / 04.10.2019
3 121

Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, «Ibn Sino» mahallasi, THAY ko‘chasida harakatlanib ketayotgan HOWO yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati.

Yong‘in 3 oktyabr kuni soat taxminan 19:50 da sodir bo‘lgan bo‘lib, voqea joyiga ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari 4 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 20:08 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida fuqaro E.N. boshqaruvida bo‘lgan yuk mashinasining salon qismi yonib zararlangan. Yong‘inda tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.

Yong‘inga yuk avtomobilining elektr tizimidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi