06:30 / 05.10.2019
2 769

Komil Allamjonov: «Tashkilotlar ishlayapti, lekin ularning ishi ko‘rinmayapti»

Komil Allamjonov: «Tashkilotlar ishlayapti, lekin ularning ishi ko‘rinmayapti»
Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Bugun, 4 oktyabr kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida davlat tashkilotlari matbuot xizmatlari faoliyatiga bag‘ishlangan majlis o‘tkazildi. Unda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov, rahbar o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva va axborot xizmatlari rahbarlari qatnashdilar.

Tadbirda davlat organlarining matbuot xizmatlari faoliyatiga doir qator tanqidiy munosabatlar bildirildi. Agentlik rahbari bu yo‘nalishda axborot siyosati to‘g‘ri tashkil qilinmaganligi, bugungi media makon talablariga tezkorlik bilan reaksiya berilmayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

“Shu kungacha 25 ta tashkilotda axborot xizmatlari bo‘lmagan. Axborot xizmati rahbarlari Prezident qarorida asosida ishlashi kerak. Sizning maqomingiz rahbar o‘rinbosariga tenglashtirilgan. Shunday ekan, tashkilotingizda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni rahbariyatga aytishingiz, hal qilish yo‘llarini birgalikda qidirishingiz zarur. Bu yerga 78 ta axborot xizmatlari rahbarlari yig‘ilgan. Ularning har biri kuniga bitta xabar bersa ham media makon shuncha axborot bilan to‘yinadi. Axborot urushi ketayotgan paytda bu juda muhim va dolzarb masala.

Barcha tashkilotlarda rahbarlar kun-u tun tinmay ishlayapti. Lekin ularning ishi siz tomoningizdan ko‘rsatib berilmayapti. Natijada, jamoatchilikda hech qaysi organ ishlamayapti ekan, degan salbiy fikrlar uyg‘onyapti. Bu vaziyatga siz va biz aybdormiz”.

Allamjonovning ta’kidlashicha, axborot xizmatlari bugungi axborot makonida yuz berayotgan voqea-hodisalarga operativ tarzda munosabat bildira olish ko‘nikmasiga ega emas. Bunga sabab bu yo‘nalishda kadrlar tanqisligi borligi aytildi.

Allamjonov qator vazirlik va tashkilot axborot xizmatlari har oyda tuzilma faoliyati haqida xalqqa axborot berishga xizmat qiluvchi press-konferensiyalar o‘tkazishi, yagona media reja ishlab chiqish zarurligini aytib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Komil Allamjonov: «Tashkilotlar ishlayapti, lekin ularning ishi ko‘rinmayapti»