08:43 / 05.10.2019
3 912

Ichki ishlar vazirligi avtomobil orqa yon oynalariga parda tutilishini taqiqlamoqchi

Ichki ishlar vazirligi avtomobil orqa yon oynalariga parda tutilishini taqiqlamoqchi
Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan «O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 126-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida»gi qonun loyihasi joylashtirildi.

IIV MKning 26-moddasini quyidagi tahrirda bayon etishni taklif qilmoqda.

«Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon oynali, tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, xuddi shuningdek, transport vositalarining orqa yoki old yon oynalarini tegishli ruxsatnomasiz tusini o‘zgartirish (qoraytirish) — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Transport vositalarining orqa va old yon oynalarini tegishli ruxsatnomasiz tusini o‘zgartirish (qoraytirish) — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi».

Ushbu qaror loyihasi portalda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan. Bildirilgan o‘nlab takliflarda bunday o‘zgartirish kiritilishiga qat’iy qarshilik bildirilgan. Foydalanuvchilardan biri esa «May oyidan sentyabrgacha mashinani orqa oynalariga parda tutmaganlarga jarima qo‘llash kerak» deya izoh qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buxoroda sud avtomobillarning orqa yon oynasiga parda taqishni qonuniy deb topgan, YHHB viloyat ma’muriy sudida ham bu masalada yutqazib qo‘ygan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki ishlar vazirligi avtomobil orqa yon oynalariga parda tutilishini taqiqlamoqchi