15:53 / 05.10.2019
2 764

Fuqaro bobosidan qolgan qurolni Milliy gvardiyaga topshirdi

Fuqaro bobosidan qolgan qurolni Milliy gvardiyaga topshirdi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining mutasaddilari tomonidan qurol to‘g‘risidagi qonun yuzasidan respublikamiz bo‘ylab olib borilayotgan targ‘ibot ishlari o‘z samarasini bermoqda.

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro T.Xurramov o‘zining yashab kelayotgan uyida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan vaqtida, uyning tom qismidan marhum bobosidan qolgan TOZ rusumli, 16 kalibrli, bir stvolli, 1964 yilda ishlab chiqarilgan ov qurolini topib olib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Samarqand viloyatida joylashgan bo‘linmasiga xabar bergan va o‘z xohishi bilan o‘rnatilgan tartibda topshirgan.

Bundan tashqari Toshkent viloyati hududida ham fuqarolarimiz tomonidan topilgan qurollar Ichki ishlar vazirligining tegishli bo‘linmalariga belgilangan tartibda topshirilganligi holatlari kuzatilgan.

Mazkur vaziyat yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar halqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani va ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etayotganidan dalolatdir.

Eslatib o‘tamiz, hurmatli fuqarolar, qurol bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday masalalar yuzasidan 71-236-50-08 raqamlari orqali Milliy gvardiyasi mutasaddilari bilan bog‘lanishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaro bobosidan qolgan qurolni Milliy gvardiyaga topshirdi