«Ishqiy sahna» tasvirini 50 ming AQSh dollariga «baholagan»lar qo‘lga olindi

  • 05 oktyabr 2019, 16:53
  • 2 973
  • Jamiyat
  • «Ishqiy sahna» tasvirini 50 ming AQSh dollariga «baholagan»lar qo‘lga olindi
    Fuqaro B.S.ni bir emas, bir necha shaxslar «burchakka taqadi»: 50 ming AQSh dollari bermasang, holingga voy... Nega? Unga bir ayol bilan ishqiy munosabatlari aks etgan videotasvirni ko‘rsatishdi: «Buni ishxonangdagilar yoki oila a’zolaring ko‘rsa bormi? O‘x, tamomsan-a?!». Shudog‘am «tamom bo‘lgan» B.S. ularning talabiga rozi bo‘ldi go‘yo. Pulni olib kelish vaqti va makoni kelishilgach, to‘g‘ri tegishli idoraga murojaat etdi.

    Mazkur voqelik birorta kinoda bo‘lgani yo‘q. Aynan Toshkentda, poytaxtning qoq kindigida sodir bo‘ldiki, talab qilinayotgan pul miqdoridan kelib chiqilsa, tovlamachilar «katta o‘lja»ni qarmoqqa ilintirishmoqchi bo‘lganini ilg‘ash qiyinmas.

    Biroq «o‘lja»yam anoyi ekanmi?!

    Uning murojaatidan so‘ng Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi. Natijada tovlamachilar kelishilgan pulni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

    Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, ayni paytda Jinoyat kodeksining 165-moddasi («Tovlamachilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Ishqiy sahna» tasvirini 50 ming AQSh dollariga «baholagan»lar qo‘lga olindi