17:20 / 05.10.2019
2 545

O‘zbekiston ikkita xalqaro shartnomani tasdiqladi

O‘zbekiston ikkita xalqaro shartnomani tasdiqladi
Foto: Ramil Sitdikov
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, 2019 yil 31 may kuni Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlari bojxona organlarining intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasida o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

Shuningdek, prezident imzolagan yana bir qarorga ko‘ra, 2019 yil 1 avgust kuni Minsk shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi haqida tegishli bildirishnomani Belarus tomoniga yuboradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston ikkita xalqaro shartnomani tasdiqladi