10:14 / 07.10.2019
3 056

Yoshlar sport sammiti o‘z ishini boshladi

Yoshlar sport sammiti o‘z ishini boshladi
Poytaxtimizdagi “Yoshlar press-klubi”da Yoshlar sport sammitiga start berildi. Uch kunlik sammitning dastlabki kuni ochilish marosimi bilan boshlandi. Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshida tashkil etilgan Talabalar sport assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirok etdi.

Yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida talaba-yoshlarning talab va takliflaridan kelib chiqqan holda o‘tkazilayotgan mazkur sammit 6 oktyabrga qadar davom etib, u O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani “Yoshlar oromgohi”da bo‘lib o‘tadi. Sport bo‘yicha innovatsion va kreativ g‘oyalari va loyihalari bilan tashabbus ko‘rsatayotgan yoshlarning eng yaxshi, dolzarb loyihalari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, hayotga tatbiq etiladi. Sammit quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi:

—Tokio 2020 hamda 32-yozgi olimpiada o‘yinlariga sportchilarni (pedagogik, jismoniy, biologik, psixologik) tayyorlash;
—O‘zbekistonda sport turizmini rivojlantirish;
—Innovatsion g‘oya va biznes rejalar;
—Sport jurnalistikasi.

Sammit ishida jismoniy tarbiya va sport, turizm, biznes rejalar hamda sport jurnalistikasini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, yoshlardan olingan taklif va tavsiyalar asosida murabbiylar uchun ilmiy-uslubiy qo‘llanma yaratilib, ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlar belgilab olinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yoshlar sport sammiti o‘z ishini boshladi