O‘zbek ayollarining yirtiq shim va ochiq-sochiq kiyinishi tanqid qilindi (video)

  • 07 oktyabr 2019, 15:47
  • 1 597
  • Jamiyat
  • O‘zbek ayollarining yirtiq shim va ochiq-sochiq kiyinishi tanqid qilindi (video)
    «O‘zbekiston» telekanali orqali efirga uzatiladigan «Munosabat» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida o‘zbek ayollari tomonidan yirtilgan jinsi shimlar va ochiq kiyimlar kiyilishi tanqid qilindi.

    Teleko‘rsatuv davomida «Katta Qorasuv» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Naima Jabborova so‘zga chiqib, O‘zbekistondagi ayrim ayollar tomonidan kiyilayotgan yirtiq jinsilar va ochiq-sochiq kiyimlarni tanqid qildi.

    «An’analarimizni to‘g‘ri tushuntirishimiz kerak. Nima mumkin, nima mumkin emas. Mana aytyapsiz, yirtiq jinsilarda yuribdi. Balki ayol yomondir, lekin uning otasi, ukasi yoki akasi bormi? Yonida ‘men erkakman’, degan erkak bormi?», — deydi u.

    Naima Jabborova erkaklar «ochiq-sochiq yurgan singillari, qizlari va ayollariga hech qanday tanbeh bermayotganini» ham ta’kidlab o‘tdi.

    «Majlis o‘tkazyapmiz. Qizlarimizning kiyinish madaniyatini muhokama qilyapmiz. Atrofga qarasam, yarim-yalang‘och ayollar o‘tiribdi. Domlani oldida men uyalib ketdim. O‘sha ayollarning eri bormi? Bunaqa erkaklarni oldinlari dayus deyishardi. Nega erkaklar ayollariga qaramayapti? Erkaklar o‘z ayoli istagan narsasini qilsin deya demokratiya qivordi. Farzandlari o‘smoqda, ertaga ular katta bo‘lib, o‘zining ota-onasiga qaramay qo‘yadi. Bolalarni to‘g‘ri tarbiya qilish kerak», — deydi mahalla raisi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbek ayollarining yirtiq shim va ochiq-sochiq kiyinishi tanqid qilindi (video)