18:04 / 07.10.2019
3 848

Noqonuniy ish keltirar tashvish

Noqonuniy ish keltirar tashvish
Majburiy ijro byurosi Yakkabog‘ tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Yakkabog‘ tumandagi Uyg‘ur qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.Norqobilov o‘zining yashash uyining yordamchi xo‘jalik xonasida yashirin ravishda qo‘lbola usulda tayyorlangan zig‘ir doni va chigit xom-ashyosini qayta ishlaydigan sex tashkil qilib, chigit xom-ashyosidan yog‘ hamda kunjara mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, A.Norqobilovning yashash uyidan 2 dona qo‘lbola usulda yasalgan juvoz uskunasi, 1 dona kunjara maydalash uskunasi, 27 litr o‘simlik yog‘i, 154 kg. chigit va 13 kg. kunjara mahsuloti holislar va mutaxassislar ishtirokida tegishli tartibda ashyoviy dalil tariqasida protsessual rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish davomida, fuqaro A.Norqobilov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorini 120-bandi talablariga zid ravishda, yashash xonadonida qo‘lbola usulda yasalgan 2 dona juvoz uskunasi uchun 2018 yil 19 apreldan 2019 yilning 19 avgust kuniga qadar hech qanday hujjatlarsiz, elektr hisoblagichdan oldin tarmoqqa yashirin yo‘llar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib olib, 487 kun davomida 81816 kVt. soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi oqibatida Yakkabog‘ tuman elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga 24 mln. 135 ming 720 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan.

Byuroning Yakkabog‘ tuman bo‘limi tomonidan 30.08.2019 yilda A.Norqobilovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi 2-qismi va 186-2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 381-2-moddasi tartibida tergovga tegishlilik masalasini hal qilish uchun jinoyat ishi Yakkabog‘ tuman prokuroriga yuborildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noqonuniy ish keltirar tashvish