08:03 / 08.10.2019
2 785

O‘zbekistonda temir yo‘l chiptalari sotish mobil dasturining yangi versiyasi ishga tushirildi

O‘zbekistonda temir yo‘l chiptalari sotish mobil dasturining yangi versiyasi ishga tushirildi
Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari»
Temir yo‘l chiptalarini sotishning yangi tizimi asosida ishlab chiqilgan Uzrailway tickets mobil dasturining yangi versiyasi ishga tushirildi.

Unda qo‘shimcha ishlanmalardan tashqari onlayn tartibda elektron chiptalarni qaytarish kabi yangilik ham bor. Agar oldin dasturda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, qaytadan bu harakatni takrorlashning hojati yo‘q: tizim sizni avtomatik tarzda eslab qoladi.

Mobil dastur Android platformasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Yaqin orada undan iOS platformali qurilmalarda ham foydalanish mumkin bo‘ladi.
Chiptalarni Uzkard plastik kartalari orqali xarid qilish mumkin. Kelgusida xalqaro to‘lov tizimlari yordamida ham sotib olish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda temir yo‘l chiptalari sotish mobil dasturining yangi versiyasi ishga tushirildi