14:08 / 08.10.2019
2 478

Hamyonga joylangan og‘u fosh bo‘ldi

Hamyonga joylangan og‘u fosh bo‘ldi
Giyohvandlik vositalarini yurtimizga noqonuniy olib kirish shuningdek, ular bilan noqonuniy muomalada bo‘lish qat’iy taqiqlangan va jinoiy javobgarlik belgilangan. Biroq bu kabi konunbuzilish holatlari hamon uchramoqda.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan H.O. ismli shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, mazkur fuqaroga tegishli hamyon ichidan rangsiz sellofanga o‘ralgan sof og‘irligi 1,5 gramm “gashish” giyoxvandlik moddasi topildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hamyonga joylangan og‘u fosh bo‘ldi