14:50 / 08.10.2019
2 660

Buxoroda yil oxiriga yakuniga qadar 12 751 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi

Buxoroda yil oxiriga yakuniga qadar 12 751 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi
Buxoroda 2019 yilning o‘tgan davrida 210 dan ortiq loyihalar ishga tushirildi hamda 4 200 ga yaqin ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Jumladan:
-sanoat yo‘nalishida jami 63 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 2 564 ta yangi ish o‘rinlari;
-qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida jami 71 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 882 ta yangi ish o‘rinlari;
-xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida jami 82 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 715 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Joriy yilning yakuniga qadar jami 275 ta investitsiya loyihalari ishga tushurilishi va buning natijasida yana 12 751 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 29-30 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlariga muvofiq viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 2019-2021 yillarda jami qiymati 14,58 trln. so‘mlik 615 ta (2019 yilda 491 ta, 2020 yilda 119 ta va 2021 yilda 5 ta) loyihalarning amalga oshirilishi va buning evaziga 30 000 dan ortiq ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
Buxoro viloyati
DSB Axborot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda yil oxiriga yakuniga qadar 12 751 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi