Majburiy ijro byurosi Nurota tuman boʻlimi xodimlari tomonidan 19.07.2019-yilda Nurota tumani “Istiqlol” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan “Qoraqum” F/X tomonidan energiya resurslaridan foydalanishda qonun talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekishirish oʻtkazilgan.
Tekshirishda, fermer xoʻjaligi raisi F.Alimov, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018-yildagi “Elektr energiya va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi 22-sonli Qarorning 2-ilovasi 117-118-bandlari talablarini qasddan qoʻpol ravishda buzib, elektr simlarni koʻz bilan koʻrib boʻlmaydigan yashirin yoʻl bilan umumiy foydalanishdagi elektr energiyasi tarmogʻiga ulab olib, noqonuniy foydalanib kelishi oqibatida jami 68558 kVt/s elektr energiyasini noqonuniy sarflab, davlat manfaatlariga jami 11.474.115 (oʻn bir million toʻrt yuz yetmish toʻrt ming bir yuz oʻn besh) soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.
“Qoraqum” fermer xoʻjaligi tomonidan yetkazilgan zararni belgilangan muddat ichida toʻlash majburiyati yuklatilgan va berilgan muddat ichida yetkazgan zararini toʻliq qoplab bergan hamda fermer xoʻjaligi rahbariga nisbatan tegishli tartibda qonuniy jazo chorasi qoʻllanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shavkat Mirziyoyev bir qator davlatlarning TIV rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi U-23. Abbosbek Fayzullayev futbolchilar orasida eng qimmati
Moskvadagi qurilishda migrantlar mushtlashdi (video)