19:16 / 08.10.2019
5 223

Mirishkor hokimi makkajo‘xori «o‘g‘ri»larini tutib oldi (video)

Mirishkor hokimi makkajo‘xori «o‘g‘ri»larini tutib oldi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda daladan bir necha dona makkajo‘xorini olib ketmoqchi bo‘lgan fuqaroni qattiq izza qilayotgan hokim videosi tarqaldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaroni qattiq tergayotgan ovoz egasi Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilovga tegishli.

«Nevaralaringni ham o‘g‘irlikka o‘rgatyapsanmi? Vijdoning chirisin seni. Pa’daringga la’nat. Ochingdan o‘l undan ko‘ra. Ishla, mehnat qil, sotib ol!»,- deydi hokim. Uning so‘zlariga mazkur makkajo‘xori eksportga mo‘ljallangan.

Ushbu videotasvir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida norozilik uyg‘otdi. Ko‘pchilik hokimning ushbu «tarbiyaviy soati»ni olqishlashdan ko‘ra, unga e’tiroz bildirishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirishkor hokimi makkajo‘xori «o‘g‘ri»larini tutib oldi (video)