07:42 / 09.10.2019
3 378

Samarqandda turistlarni "chuv tushirgan" taksi haydovchisi ushlandi

Samarqandda turistlarni "chuv tushirgan" taksi haydovchisi ushlandi
Xitoylik uch nafar sayyoh Samarqanddan Shaxrisabzga borib kelish uchun taksi haydovchisiga kelishilgan 250 000 so‘m o‘rniga bilmasdan 2 500 000 so‘m to‘lab yuborishdi, deb xabar qilmoqda STV telekanali.

Haydovchi esa, pulning ortiqchasini mehmonlarga qaytarish o‘rniga, lom-mim demay ketib qolgan. Keyinroq turistlar nima bo‘lganini anglab yetishgan va Registon maydonida xizmatda bo‘lgan turistik politsiyaga murojaat qilishgan.

Turistlarda mazkur taksining davlat raqami aks etgan fotosurat bo‘lgani sababli YPX xodimlari bir zumda ushbu taksi haydovchisini topishga muvaffaq bo‘lishgan. Shundan so‘ng mazkur "vijdonli” haydovchi mehmonlarga pulning ortiqchasini qaytarib berishga majbur bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda turistlarni "chuv tushirgan" taksi haydovchisi ushlandi