Avvalroq O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi tergov departamenti Kamerun fuqarolari bo‘lgan va O‘zbekistonda firibgarliklar amalga oshirganlikda ayblanayotgan 4 kishining suratini e’lon qilgandi. Ushbu kimsalarning jinoyatlaridan jabr ko‘rganlardan ichki ishlar vazirligining tegishli telefon raqamlari orqali bog‘lanish so‘ralgandi.
Ichki ishlar vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan yana 3 kamerunlik qo‘lga olingan.
Biroq afrikaliklar qanday jinoyatlarni sodir etgani hali ma’lum qilinmagan.
“Agar siz suratlarda ko‘rsatilgan shaxslarning jinoiy harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limiga yoki “102” raqami hamda IIV tergov departamentining (71) 231-30-97, (71) 231-36-22, (71) 233-65-34 yoki IIV jinoyat qidiruv bosh boshqarmasining (71) 231-34-33 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyilgan xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring