10:06 / 09.10.2019
2 719

Samarqandda 24 kishi xot-dog va shaurmadan zaharlandi

Samarqandda 24 kishi xot-dog va shaurmadan zaharlandi
Foto: Semch
7 oktyabr kuni soat 14:10 dan 8 oktyabr soat 22:00 ga qadar Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 24 nafar fuqaro ko‘ngil aynishi, qayd qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan yotqizilgan. Ularga «Ovqat toksikoinfeksiyasi» birlamchi tashxisi qo‘yilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

6 oktyabr kuni soat 13:00—17:30 lar oralig‘ida barcha bemorlar Samarqand shahar Siyob dehqon bozori hududida joylashgan «Baxtiyor» MChJga qarashli xot-dog tayyorlash shoxobchasidan xot-dog va shaurma mahsulotlarini iste’mol qilgan.

«Baxtiyor» MChJga qarashli xot-dog shoxobchasida o‘rganish o‘tkazilganda, shoxobcha o‘z faoliyatini to‘xtatganligi va xot-dog mahsulotlari mavjud emasligi aniqlandi.

Samarqand shahar DSENMda mazkur xot-dog shoxobchasi atrofidagi xonadonlarda xot-dog va shaurma mahsulotlarini xarid qilib, iste’mol qilgan fuqarolarni aniqlash, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tibbiy xodimlarini jalb etgan holda uyma-uy ko‘riklar tashkil etildi.

«Baxtiyor» MChJ bir kunlik muddatda tekshirish o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakiliga tegishli hujjatlar to‘planib, buyurtma tayyorlandi.

Bemorlarning ahvoli, laboratoriya tahlil natijalari, yakuniy tashxis hamda o‘tkazilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar to‘g‘risida qo‘shimcha axborot taqdim etilishi aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 24 kishi xot-dog va shaurmadan zaharlandi