13:16 / 09.10.2019
2 533

Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta Ozarboyjonga safar qiladi

Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta Ozarboyjonga safar qiladi
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Joriy yilning 8 oktyabr kuni investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov rahbarligida kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirliklar, tashkilotlar, tijorat banklari rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida investitsiyalar sohasiga mas’ul bo‘lgan rahbarlar hamda O‘zbekiston Respublikasining Ozarboyjondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sh.Fayziyev ishtirok etdi.

Majlisda joriy yilning 14-15 oktyabr kunlari Ozarboyjon Respublikasida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining VII sammitida ishtirok etish bo‘yicha oliy darajadagi tashrifga tayyorgarlik masalasi muhokama etildi.

Majlis ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston va Ozarboyjonning investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorligini kengaytirish imkoniyatlari o‘rganib chiqildi. Batafsil tahlil jarayonida ozarboyjonlik sheriklar bilan yangi istiqbolli yo‘nalishlarni qamrab olgan holda o‘zaro hamkorlik maydonini kengaytirish uchun ulkan salohiyat mavjudligi aniqlandi va amalga oshiriladigan qator loyihalar ishlab chiqildi. Ikki davlat iqtisodiyotining bir-birini to‘ldirishi va ozarboyjonlik salohiyatli sheriklarning katta qiziqishi investitsiya va savdo- iqtisodiy sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Jarayonni faollashtirish uchun vazirliklar, idoralar va tijorat banklari rahbarlarining investorlar va shartnoma sheriklari bilan o‘zaro aloqalarini mustahkamlash va hamkorlikning yangi imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida Ozarboyjonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha taklif ilgari surildi va qo‘llab-quvvatlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta Ozarboyjonga safar qiladi